18 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

18 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

18.12.2025

MUHIM HODISALAR

18-22 dekabrda Respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

18 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir,qor) bo‘ladi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir,qor) bo‘ladi. Qoraqolpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2°sovuq-3°iliq bo‘ladi.

Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-2° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° sovuq bo‘ladi.