19-22 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

19-22 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

17.12.2025

19-22 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 21 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-20 dekabrda 5-10° sovuq, 21-22 dekabrda 3-8° sovuq, 22 dekabrda ba’zi joylarda 10° sovuqqacha, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 19 va 22 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 20 dekabrda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. 21 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19 va 21-22 dekabrda 2-7° sovuq, 20 dekabrda 0-5° sovuq, 19 dekabrda 3-8° iliq, 20-21 dekabrda 0-5° iliq, 22 dekabrda 2-7° iliq; Navoiy viloyati shimolida kechasi 19-20 dekabrda 5-10° sovuq, 21-22 dekabrda 3-8° sovuq, 22 dekabrda ba’zi joylarda 10° sovuqqacha, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 19 dekabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. 20 dekabrda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. 21 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 22 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 19-20 dekabrda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19 va 21-22 dekabrda 0-5° sovuq, 20 dekabrda 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 19 va 22 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 20 dekabrda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. 21 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-21 dekabrda 2° sovuq-3° iliq, 22 dekabrda 0-5° sovuq, kunduzi 19 dekabrda 4-9° iliq, 20-21 dekabrda 0-5° iliq, 22 dekabrda 2-7° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 19 va 22 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 20 dekabrda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. 21 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 19 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq, 20-22 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 19-20 dekabrda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 19-20 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi, 21-22 dekabrda kechasi 8-13° sovuqqacha pasayadi, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.