17-20 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

17-20 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

15.12.2025

17-20 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 19 dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17 dekabrda 3-8° sovuq, 18-20 dekabrda 5-10° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 17 va 19 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 18 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 20 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 17 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 18 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 19 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3-8° iliq;20 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; Navoiy viloyati shimolida kechasi 17 dekabrda 3-8° sovuq, 18-20 dekabrda 5-10° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi. 

TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 17 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 18 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 19-20 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 17 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq; 18 dekabrda kechasi va kunduzi 0-5° iliq; 19-20 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 17 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 18 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 19 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 20 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 17 dekabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi; 18-20 dekabrda kechasi 0-5° sovuqqacha, kunduzi 0-5° iliqqacha pasayadi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 17 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 18 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 19-20 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 17 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi; 18-20 dekabrda kechasi 0-5° sovuqqacha, kunduzi 0-5° iliqqacha pasayadi.

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 17 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq; 18 dekabrda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq; 19-20 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.