18 SENTYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
18.09.2025
18 SENTYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha Havo biroz bulutli bo‘ladi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida va kuning ikkinchi yarmida Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-25° bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-25° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° bo‘ladi.