4-6 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI
02.06.2025
4-6 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4-5 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 6 iyunda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 4 iyunda 32-37° bo‘ladi, 5-6 iyunda 25-30° gacha pasayadi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 4 iyunda 18-23°, 5-6 iyunda 20-25°, kunduzi 4-5 iyunda 35-40°, 6 iyunda 28-33° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5-6 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat 4-5 iyunda kechasi 17-22°, kunduzi 34-39°, 6 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5-6 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat 4 iyunda kechasi 18-23°, kunduzi 35-40°; 5 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 37-42°; 6 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 6 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 4 iyunda 15-20° bo‘ladi, 5-6 iyunda 20-25° gacha ko‘tariladi, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5-6 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 4-5 iyunda 10-15°, 6 iyunda 12-17°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.