O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 20-22 SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
20.09.2024
Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha iliq va asosan quruq ob-havo saqlanib turadi.
Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida 21 sentabr – shanba kuni ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik bo‘ladi.
Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi,
21-22 sentabrda ayrim hududlarda ba’zi joylarda 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Poytaxtimizda: 20-21 sentabr kunlari asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi, 22 sentabrda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat kechalari 14-17o, kunduz kunlari 28-31o bo‘ladi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.