5-7 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

5-7 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

03.05.2024

5-7 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI Havo biroz bulutli bo‘ladi, 5 mayda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 6 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°; 6 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 25-30°; 7 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 25-30° bo‘ladi. BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, 5 va 7 mayda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 6 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5 mayda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang- to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 5 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 22-27°; 6 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 24-29°; 7 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 26-31° bo‘ladi. TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, 5 mayda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 6-7 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5 mayda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang- to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 5 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 20-25°; 6 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28°; 7 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo‘ladi. QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, 5 mayda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 6-7 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5 mayda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 5 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 22-27°; 6 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 25-30°; 7 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 27-32° bo‘ladi. ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, 5-6 mayda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 7 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5-6 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 5 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 20-25°; 6 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 22-27°; 7 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi. RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, 5-6 mayda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 5 mayda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. 7 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida (2000 m dan yuqorida) qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 5 mayda kechasi va kunduzi 7-12°; 6 mayda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 11-16°; 7 mayda kechasi 5-10o, kunduzi 10-15° bo‘ladi.