23 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

23 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

23.04.2024

MUHIM HODISALAR 23 aprelda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 23-30 aprelda respublikaning tog‘li hududlarida (2000 m dan yo‘qorida) qor ko‘chishi xavfi bor. 23 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg’ona vodiysi viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho’l hududlarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 25-30°, ba’zi joylarda 32-34° gacha bo’ladi. Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 26-28° bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi (2000 m dan yo‘qorida) bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-18° bo‘ladi.