22 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
22.04.2024
MUHIM HODISALAR
22-23 aprelda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
22 aprelda respublikaning tog‘li hududlarida (2000 m dan yo‘qorida) qor ko‘chishi xavfi bor.
22 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg’ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho’l hududlarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 22-27°, ba’zi joylarda 31-32° gacha bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-25° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi (2000 m dan yo‘qorida) bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-18° bo‘ladi.