21 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

21 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

21.04.2024

MUHIM HODISALAR 21-23 aprelda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 21-22 aprelda respublikaning tog‘li hududlarida (2000 m dan yo‘qorida) qor ko‘chishi xavfi bor. 21 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg’ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho’l hududlarida 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarida chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 24-29°, ba’zi joylarda 31-32° gacha bo’ladi. Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-27° bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 2000 m dan yo‘qorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-20° bo‘ladi.