12 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
12.03.2024
MUHIM HODISALAR
12-14 mart kuni respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
12 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O’zbekistonda havo biroz bulutli bo’ladi, yomg‘ir yog‘adi, Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba‘zi joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqolpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba‘zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba‘zida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-13° iliq bo‘ladi.
Toshkentda: havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11-13° iliq bo’ladi.
Tog’ oldi va tog’li hududlarda: havo biroz bulutli bo‘ladi, bazi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushadi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.