O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 11-15-MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 11-15-MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

11.03.2024

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 11-15-MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

Ushbu ish haftasi davomida O‘zbekiston bo‘yicha beqaror ob-havo saqlanib turadi.

Bugun hududning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kechga tomon Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati 15-20o iliq atrofida bo‘ladi.

Ertaga 12-mart kuni respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 8-13o iliqqacha pasayadi.

11-12-mart kunlari respubliknaing ayrim joylarida momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Chorshanba  13-mart kuni yomg‘ir yog‘adi, yomg‘ir asosan faqat kechasi va ertalab kuzatiladi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunduz kuni ham yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

14-martda respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida jadalligi asosan biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor. Respublika shimolida va janubida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

13-14-mart kunlari respublika hududiga sovuq havo massalari kirib kelishi davom etadi va 14-martga kelib, havo harorati kechasi 0-5o iliqqacha, kunduzi 3-8o iliqqacha pasayadi.

15-martda respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutimaydi. Havo harorati 3o sovuq-2o iliq, kunduzi 6-11o iliq bo‘ladi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-12-martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi.

 

Poytaxtimizda: bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 17-19o iliq bo‘ladi.

Ertaga 12-martda yomg‘ir yog‘adi. Shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-9o iliq, kunduzi 9-11o iliq bo‘ladi.

13-14-martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 14 martda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Harorat kechalari 0-3o iliq, kunduz kunlari 3-8o iliq bo‘ladi.

15-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 3o sovuq-2o iliq, kunduzi 6-11o iliq bo‘ladi.

 

2024 yil 11 mart

O‘zgidromet