28-30 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

28-30 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

26.01.2024

28-30 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 28-29 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 30 yanvarda yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 28-29 yanvarda 2-7° sovuq, 30 yanvarda 5-10° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 28 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 29-30 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 28-29 yanvarda 2-7° sovuq, 30 yanvarda 5-10° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 28 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 29-30 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 29 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 30 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 28-29 yanvarda 10-15° iliq, 30 yanvarda 7-12° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 28 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 29-30 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 28-29 yanvarda 5-10° iliq, 30 yanvarda 3-8° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 28-29 yanvarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin G‘arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 29 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 30 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.