20-22 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

20-22 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

18.01.2024

20-22 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-21 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20 yanvarda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 21-22 yanvarda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-21 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20 yanvarda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 4-9° iliq; 21-22 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 5-10° iliq; Navoiy viloyatining shimolida 20yanvarda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 21-22 yanvarda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 20 yanvarda 3-8° iliq, 21-22 yanvarda 5-10° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 20 yanvarda ba’zi joylarda biroz yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’lishi mumkin. 21-22 yanvarda yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 20 yanvarda ba’zi joylarda qor yog’adi, tuman tushadi. 21-22 yanvarda yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20 yanvarda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 21 yanvarda kechasi 6-11° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq, 22 yanvarda kechasi 6-11° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.