O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 27-30 NOYABR VA 1 DEKABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 27-30 NOYABR VA 1 DEKABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

27.11.2023

27-28 noyabr kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va juda iliq bo‘lgan ob-havo saqlanib turadi, havo harorati 20-25o gacha iliq bo‘ladi. 28 noyabrda faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

29 noyabrda shimol-g‘arbiy hududlaridan nam havo oqimi kirib kelishi va respublika hududining katta qismida tarqalishi kutilmoqda. Respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shamol kuchayadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

30 noyabrda yomg‘ir faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘adi, boshqa hududlar uchun yog‘ingarchilik kutilmaydi.

1 dekabrda butun hudud bo‘ylab quruq ob-havo kuzatiladi.

29 noyabrdan havo harorati pasayishni boshlaydi va ish xaftasining ikkinchi yarmida kechasi  2-7o iliq,  kunduzi 10-15o iliq, Respublika shimol  hududida kechasi 0-5o sovuq,  kunduzi 5-10o iliqni tashkil etadi .

Poytaxtimizda: bugun va ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kundizi 21-24o bo‘ladi.

29 noyabrda vaqti- vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat 15-17o iliq bo‘ladi.

30 noyabr va 1 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechalari 2-7o iliqgacha, kunduzi 10-15o iliqgacha pasayadi.