25 OKTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

25 OKTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

25.10.2023

25 OKTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo’ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho’l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-24° bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-20° bo‘ladi.