Zilzila va uning oqibatlariga oid amaliy oʼquv mashgʼulot

Zilzila va uning oqibatlariga oid amaliy oʼquv mashgʼulot

10.10.2023

Zilzila va uning oqibatlariga oid amaliy oʼquv mashgʼulot

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 maydagi "Oʼzbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi PF-144 son farmonini ijrosini taʼminlash maqsadida Favqulotda Vaziyatlar Vazirligi Аkademiyasi oʼqituvchisi, podpolkovnik T.Аbdunabiev tomonidan Oʼzgidromet mutaxassislari uchun zilzila va uning oqibatlariga oid amaliy oʼquv mashgʼulotlarini tashkil etildi. Oʼquv mashgʼuloti davomida xodimlarga zilzilalarning turlari, ularning kelib chiqish sabablari va zilzila oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʼlgan favqulotda vaziyatlar hamda ularda xafvsiz harakatlanish toʼgʼrisida maʼlumotlar berildi.