27 AVGUST KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

27 AVGUST KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

27.08.2023

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 27-28 avgust kunlari O‘zbekiston hududiga nam va salqin havo massalari kirib keladi.
Respublika hududi bo‘yicha 27 avgustda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda 23-25 m/s gacha kuchayishi,
ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 27-28 avgust kunlari kunduzi havo harorati 23-28 darajagacha pasayadi.
27-28 avgustda O‘zbekiston bo’ylab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 27-29 avgust kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

27 AVGUST KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, Navoiy viloyatida ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, 23-25 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to’zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 23-28o bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24-26o bo‘ladi.

Tog’li hududlarda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18° bo‘ladi.