OʻZBEKISTON BOʻYICHA 25-28 AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

OʻZBEKISTON BOʻYICHA 25-28 AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

25.08.2023

OʻZBEKISTON BOʻYICHA 25-28 AVGUST KUNLARIGA  OB-HAVO PROGNOZI

Yakshanba kuni Oʻzbekiston hududining katta qismida ob-havoning keskin oʻzgarishi kutilmoqda

Bugun kunduz kuni Oʻzbekiston hududi boʻyicha kam bulutli, quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 36-39o ga yetadi.

Ertaga 26-avgust kuni respublikaning shimoli-gʻarbiy hududlariga Rossiyaning janubiy hududlaridan nam va salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy viloyatlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Respublikaning qolgan hududlarida 26-avgustda quruq ob-havo saqlanib turadi, harorat 33-36o boʻladi.

27-28-avgust kunlari nam va salqin havo massalari kirib kelishi Oʻzbekistonning barcha hududlarini qamrab oladi. Barcha joylarda bulutlilik kuchayishi kutilmoqda, respublikaning koʻpchilik viloyatlarida baʼzi joylarda vaqti-vaqti bilan momaqaldiroq bilan yomgʻir yogʻadi. Kunduzgi havo harorati 23-28o gacha pasayadi. Kechasi va ertalab havo biroz salqinlashadi. 28-avgustga kelib, kechasi harorat 13-16o gacha pasayadi.

Ushbu kunlarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, baʼzi joylarda 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.

Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida ob-havoni oʻzgarishi sezilarli boʻladi, bu hududlarda 27-28-avgust kunlari baʼzi joylarda kuchli yomgʻirlar yogʻib oʻtadi.

Kutilayotgan kuchli yomgʻirlar yogʻishi hisobiga respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida 27-29-avgust kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Togʻ oldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda togʻli xududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz.

 

Poytaxtimizda:

25-26-avgust kunlari havo asosan biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-avgustda 36-38o, 26-avgustda kechasi 22-24o, kunduz kuni 34-36o boʻladi.

27-avgustda va kechasi 28-avgustda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Ertalab 28-avgustda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin, kundizi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.  Harorat kechalari 14-16o gacha, kunduz kunlari 24-26o gacha pasayadi.