27-29 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

27-29 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

25.08.2023

27-29 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, 27-28 avgust yog‘ingarchilik kutilmaydi, 29 avgustda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin,. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27 avgustda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 27 avgusda kechasi 15-20°, kunduzi 23-28°, 28-29 avgustda kechasi 12-17°, kunduzi 24-29°, bo’ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, 27 avgustda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 28-29 avgustda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27 avgustda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 27 avgustda 17-22°, 28-29 avgustda 13-18°, kunduzi 27 avgustda 25-30°, 28 avgustda 23-38°, 29 avgustda 27-32°, bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, 27 avgustda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 28 avgustda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 29 avgustda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27 avgustda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 27 avgustda 17-22°, 28-29 avgustda 13-18°, kunduzi 27-28 avgustda 23-28°, 29 avgustda 27-32°, bo’ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, 27 avgustda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 28-29 avgustda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27 avgustda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, 23-25 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat kechasi 27 avgustda 20-25°, 28-29 avgustda 15-20°, kunduzi 27 va 29 avgustda 28-33°,
28 avgustda 25-30° bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, , 27-28 avgustda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 29 avgustda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
27 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27 avgustda17-22°, 28-29 avgustda 15-20°, kunduz 27-28 avgustda 22-27°, 29 avgustda 25-30° bo’ladi.

RESPUBLIKANING TOG’ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, 27-28 avgustda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 29 avgustda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27 avgustda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27 avgustda 13-18°,
28-29 avgustda 8-13° , kunduzi 27-28 avgustda 13-18°, 29 avgustda 18-23° bo’ladi.