9 AVGUST KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

9 AVGUST KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

09.08.2023

MUHIM HODISALAR

9 avgustda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

AVGUST KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo’ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi,. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho’l hududlarida ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi,
ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 33-38o bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat 35-37o bo‘ladi.

Tog’li hududlarda havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, Farg‘ona viloyatlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi.