6 AVGUST KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

6 AVGUST KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

06.08.2023

MUHIM HODISALAR

6-9 avgustda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

6 AVGUST KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.  Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30-35o bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 33-35o bo‘ladi.

Tog’li hududlarda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-32° bo‘ladi.