26-28 IYULGA OB-HAVO PROGNOZI

26-28 IYULGA OB-HAVO PROGNOZI

24.07.2023

26-28 IYULGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 20-22 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 26 iyulda kechasi 22-27°, kunduzi 37-42°, 27-28 iyulda kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° bo’ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 26-27 iyulda 39-44°, 28 iyulda 37-42° bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26-27 iyulda kechasi 22-27°, kunduzi 37-42°, 28 iyulda kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° bo’ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 26-27 iyulda 39-44°, 28 iyulda 37-42° bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 26-27 iyulda kechasi 22-27°, kunduzi 37-42°, 28 iyulda kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° bo’ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, 26-27 iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 28 iyulda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi
18-23°, kunduzi 26-27 iyulda 30-35°, 28 iyulda 28-33° bo’ladi.