UMUMIY GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!

UMUMIY GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!

20.07.2023

UMUMIY GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!

       Joriy yilning 24-27 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga issiq havo kirib kelishi sababli:

24-25 iyulda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida 41-42 darajagacha;

24-27 iyulda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 42-44 darajagacha;

25-27 iyulda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 41-42 darajagacha ko‘tariladi.

24-26 iyul kunlari shimolda, janubda va cho‘l hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha, ba’zi joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.