16 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

16 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

16.07.2023

16 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasining kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 34-39o, janubda 40-42o gacha bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 37-39o bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog’li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-30° bo‘ladi.