10 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

10 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

10.07.2023

10 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

 

O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho’l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 35-40o, shimolda va cho’l hududlarda ba’zi joylarda 42-44o gacha bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 37-39o bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog’li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24-29° bo‘ladi.