O‘zbekiston bo‘yicha 3-7 aprel kunlariga ob-havo prognozi
03.04.2023
Hafta davomida O‘zbekistonning katta qismida
yomg‘ir yog‘ishi prognoz qilinmoqda
Bugun va hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha ob-havoni yuqori siklon belgilaydi, buning natijasida respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda, 3-4 aprel kunlari Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi kuchli bo‘ladi.
Kunduzgi havo harorati hafta davomida 20-23o dan 15-18o gacha o‘zgarib turadi.
Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘ishi ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar, shuningdek do‘l yog‘ishi bilan kuzatiladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 3-6 aprel kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘ hududlarda 5-6 aprel kunlari yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
3-4 aprelda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
3-7 aprelda Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.
Poytaxtimizda: 4 apreldan 6 aprelgacha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda kuchsiz 5-10 m/s dan biroz 12-15 m/s gacha esadi. Bugun kunduzgi havo harorati 21-23o ni tashkil etadi, hafta o‘rtasiga kelib 16-18o gacha pasayadi.