28 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

28 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

28.03.2023

MUHIM HODISALAR

28-31 martda Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida 2000 metrdan balandda qor ko‘chish havfi bor.

 

28 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, cho’l hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat  22-27o, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 30-32o bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 24-26o bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida 2000 metrdan balandda qor ko‘chish havfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-20° bo‘ladi.