TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT
23.02.2023
![TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT](/sites/default/files/styles/large/public/2023-02/image_2023-02-23_15-48-47.png?itok=uJKcoKlT)
Joriy yilning 24-fevral kuni O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga, 25-26-fevral kunlari respublikaning barcha hududlariga Rossiyaning Yevropa qismidan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
24-fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida,
25 fevralda respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
24-25-fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
25-26-fevralda harorat kechalari 0-5 sovuqgacha, respublika shimolida 5-10 sovuqgacha, kunduz kunlari 0-5 daraja iliqgacha qisqa muddatga pasayishi kutilmoqda.