1-4 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

1-4 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

30.12.2022

1-4 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI
Havo oʻzgarib turadi, 1 yanvarda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qor yog’adi. 2 yanvarda ba’zi joylarda qor yog’adi. 3-4 yanvarda ba’zi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomg’ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-3 yanvarda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 1 yanvarda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi
2° sovuq-3° iliq, 2 yanvarda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 3-4 yanvarda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo’ladi.

XORAZM VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, 1-2 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 3-4 yanvarda ba’zi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomg’ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-3 yanvarda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 1 yanvarda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 2 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 3-4 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo’ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 1-2 yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. 3-4 yanvarda ba’zi joylarda yogʻingarchilik (yomg’ir, qor) bo’lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-3 yanvarda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 1 yanvarda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3-8° iliq, 2 yanvarda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3-8° iliq, 3-4 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq, Navoiy viloyatining shimolida 1 yanvarda 10-15° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq, 2 yanvarda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 3-4 yanvarda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, 1 yanvarda kechasi ba’zi joylarda biroz qor yog’ishi mumkin2 yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. 3-4 yanvarda ba’zi joylarda yogʻingarchilik (yomg‘ir, qor) bo’lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 yanvarda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, 2 yanvarda 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.

SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 1-2 yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. 3-4 yanvarda ba’zi joylarda yogʻingarchilik (yomg’ir, qor) bo’lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 yanvarda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, 2 yanvarda 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 1-2 yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. 3-4 yanvarda ba’zi joylarda yogʻingarchilik (yomg’ir, qor) bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 yanvarda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 1 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 2 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 3-4 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 1 yanvarda kechasi ba’zi joylarda biroz qor yog’ishi mumkin2 yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. 3-4 yanvarda ba’zi joylarda yogʻingarchilik (yomg‘ir, qor) bo’lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 1-2 yanvarda kechasi 1-6° sovuq, 3-4 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi, faqat 2 yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 yanvarda  ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo’ladi.