O‘zgidromet xodimlari va farzandlari uchun «Yangi yil tadbiri» o‘tkazildi

O‘zgidromet xodimlari va farzandlari uchun «Yangi yil tadbiri» o‘tkazildi

28.12.2022

O‘zgidromet xodimlari va farzandlari uchun «Yangi yil tadbiri» o‘tkazildi

Joriy yilning 28-dekabr kuni O‘zgidromet majlislar zalida «Yangi yil tadbiri» o‘tkazildi. Yig‘ilishda, Bosh direktor o‘rinbosarlari Ibratjon Karimov va Bosh direktorning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslaxatchisi Munisa Asilxodjayeva hamda, Bosh direktorining ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Qudratjon Kulumbetov ishtirok etdilar.

Bosh direktor o‘rinbosar Ibratjon Karimov o‘z so‘zida O‘zgidromet xodimlari va ularning farzandlarini yangi yil bilan tabriklab, ularga kelgusi yilda baxt va omad tiladi.

O‘zgidromet rahbariyati tomonidan boshqarma, bo‘lim boshliqlari va ularning mas’ul xodimlariga hamda, farzandlari uchun yangi yil sovg‘alari, shirinliklar taqdim etildi.

Yig‘ilish "Barkamol avlod" Respublika bolalar maktabi ishtirokida raqs ko‘rinishlari va doira cholg‘ulari bilan ko‘taringki ruhda bo‘lib o‘tdi.