9-12 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

9-12 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

07.12.2022

9-12 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20° sovuq, Ustyurtda 9-10 dekabrda 24° sovuqgacha, kunduzi 4-9° sovuq bo’ladi.

XORAZM VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 9-11 dekabrda kechasi 12-17° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq, 12 dekabrda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo’ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 15-20° sovuq, kunduzi 4-9° sovuq bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 9 dekabrda ba’zi joylarda qor yog’adi. 10-12 dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.

QASHQADARYO VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, 9 dekabrda ba’zi joylarda qor yog’adi. 10-12 dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9 dekabrda 2-7° sovuq, 10-12 dekabrda 4-9° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.

SURXONDARYO VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, 9 dekabrda ba’zi joylarda qor yog’adi. 10-12 dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9 dekabrda 3° sovuq-2° iliq, 10-12 dekabrda 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 9 dekabrda ba’zi joylarda qor yog’adi. 10-12 dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 9 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 10-12 dekabrda  kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo oʻzgarib turadi, 9 dekabrda vaqti-vaqti bilan qor yog’adi. 10-12 dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14° sovuq, kunduzi 4-9° sovuq bo’ladi.