7 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

7 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

07.12.2022

MUHIM HODISALAR

7-8 dekabrda respublikaning tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor.

 

7 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda qor yog‘adi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Surxondaryo viloyatida kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5o sovuq, shimolda 4-9o sovuq bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-2o sovuq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog’adi, tuman tushadi. Qor ko’chish xavfi bor. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7o sovuq bo‘ladi.