5 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

5 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

05.12.2022

5 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3o sovuq-2o iliq, shimolda 4-9o sovuq bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 1-3o sovuq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi,
vaqti-vaqti bilan qor yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi,
tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7o sovuq bo‘ladi.