O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BO‘YICHA 6-9 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BO‘YICHA 6-9 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

04.12.2022

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BO‘YICHA

6-9 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuq, ba’zi joylarda 15-20° sovuqgacha, kunduzi 2-7° sovuq bo’ladi.

XORAZM VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuq, ba’zi joylarda 15° sovuqgacha, kunduzi 0-5° sovuq bo’ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6 dekabrda 7-12° sovuq, 7-9 dekabrda 5-10° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 12-17° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 6 dekabrda yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 6 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 7-9 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, ba’zi joylarda 10° sovuqgacha, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 6 dekabrda yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

SURXONDARYO VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 6 dekabrda ba’zi joylarda qor yog’adi, yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. 7-9 dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo oʻzgarib turadi, 6-8 dekabrda vaqti-vaqti bilan qor yog’adi, 9 dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. 6 dekabrda yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo’ladi.