4 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

4 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

04.12.2022

4 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida biroz qor yog‘ishi mumkin, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5o iliq, shimolda 2-7o sovuq bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida biroz qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-2o iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi,
vaqti-vaqti bilan qor yog’adi.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5o sovuq bo‘ladi.