28 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

28 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

28.11.2022

28 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

 

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog’adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin). Respublikaning qolgan hududlarida kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17o iliq, shimolda 0-5o iliq bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-14o iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4-9o iliq bo‘ladi.