O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BO‘YICHA 19-22 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BO‘YICHA 19-22 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

17.11.2022

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BO‘YICHA

19-22 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 21 noyabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-21 noyabrda 2-7° iliq, 22 noyabrda 0-5° iliq, kunduzi 19-20 noyabrda 8-13° iliq, 21-22 noyabrda 5-10° iliq bo’ladi.

 BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 21 noyabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-21 noyabrda 5-10° iliq, 22 noyabrda 2-7° iliq, kunduzi 19-20 noyabrda 12-17° iliq, 21 noyabrda 10-15° iliq, 22 noyabrda 8-13° iliq bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 19 va 21 noyabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. 20 va 22 noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 19 noyabrda 5-10° iliq, 20-22 noyabrda 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 19 va 21 noyabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. 20 va 22 noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 19-20 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 21-22 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 11-16° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 19 va 22 noyabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. 20-21 noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo’ladi,  faqat 20 noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 19-20 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 21-22 noyabrda kechasi 2°sovuq-3° iliq, kunduzi 1-6° iliq bo‘ladi.