O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 14-18-NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 14-18-NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

14.11.2022

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 14-18-NOYABRGA  OB-HAVO PROGNOZI

Hafta o‘rtasida harorat pasayishi kutilmoqda

 

Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida atmosfera fronti o‘tishida yomg‘ir yog‘adi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida esa biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzgi harorat 9-14o iliq atrofida bo‘ladi.

15-noyabrda O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Volga bo‘yi hududlaridan sovuq havo massalari kirib kelishida Qoraqalpog‘iston Respublikasining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, Ustyurtda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoldan holi emas. Havo harorati me’yor atrofida saqlanib turadi.

16-noyabrda sovuq havo massasi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi havo harorati 5-7o iliqgacha pasayadi, bu ushbu kunning me’yoridan 8-10o ga pastdir.

17-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, lekin sovuq havo massasining ta’siri saqlanib turadi. Havo harorati kechasi 0-2o sovuqgacha pasayadi, kunduzi quyosh hisobiga 8-10o iliqgacha isiydi.

18-noyabrda O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan iliq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Hafta davomida respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

14-15-noyabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol
17-22 m/s gacha kuchayadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida shamolning kuchayishi 25-28 m/s gaa yetishi mumkin.

14-18-noyabr kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 15-16-noyabrda Toshkent, Qashqadaryo, Namangan viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin, buning hisobiga tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.