O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BO‘YICHA 12-15 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BO‘YICHA 12-15 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

10.11.2022

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BO‘YICHA

12-15 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI
Havo oʻzgarib turadi, 12 noyabr va 12 noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 13-14 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-14 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 12 noyabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq, 13 noyabrda 0-5° iliq, kunduzi 9-14° iliq14 noyabrda kechasi va kunduzi 7-12° iliq, 15 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi
5-10° iliq bo‘ladi.

XORAZM VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 14 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-14 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 12 noyabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq, 13 noyabrda 0-5° iliq, kunduzi 9-14° iliq, 14 noyabrda kechasi va kunduzi 7-12° iliq, 15 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 14 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-14 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 12-13 noyabrda 0-5° iliq, ba’zi joylarda  2° sovuqgacha, kunduzi 9-14° iliq, 14-15 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 9-14° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 12-13 noyabrda 0-5° iliq, ba’zi joylarda   2° sovuqgacha, kunduzi 9-14° iliq, 14 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 9-14° iliq,15 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 9-14° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 12 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 13 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 11-16° iliq, 14-15 noyabrda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 14 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 12 noyabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-21° iliq, 13 noyabrda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 9-14° iliq, 14-15 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 9-14° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo oʻzgarib turadi, 12-13 noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 14-15 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog’adi, baland tog’larda qorga aylanishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 12-13 noyabrda 2-7° sovuq, 14-15 noyabrda 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo’ladi.