O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 7-11-NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 7-11-NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

07.11.2022

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 7-11-NOYABRGA  OB-HAVO PROGNOZI

 

Hafta oxiriga kelib harorat pasayishi kutilmoqda

 

Bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha atmosfera fronti o‘tishida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning shimoliy hududlariga Volga bo‘yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Havo harorati 8-13o iliq, shimolda 5-7o iliq atrofida bo‘ladi.

Seshanba kuni sovuq havo massasi respublikaning barcha hududlariga asta-sekin kirib keladi, hududning katta qismida yomg‘ir yog‘adi, Buxoro, Navoiy viloyatlarining ayrim tumanlarida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzigi harorat 5-8o iliqni tashkil etadi, bu ushbu kunning o‘rtacha iqlim qiymatlaridan 8-10o ga pastdir.

Bugun va ertaga respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

9-11-noyabrda respublika hududi bo‘yicha  yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Sovuq havo massalari kirib kelishi natijasida 9-11-noyabrda harorat kechalari 0-2o sovuqgacha pasayadi, kunduz kunlari asta-sekin isiydi. Haftaning oxiriga kelib harorat 10-14o iliq atrofida va me’yorga yaqin bo‘ladi.

7-8-noyabr kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi hisobiga respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.