O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 4-6-NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 4-6-NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

04.11.2022

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 4-6-NOYABRGA  OB-HAVO PROGNOZI

Yomg‘ir yog‘ishi davom etmoqda

 

O‘zbekisiton hududiga nisbatan yuqori harorat fonida Kaspiy dengizi, Turkmaniston va Eron hududlaridan nam bulutli massivlar kirib kelishi davom etada.

Bugun O‘zbekistonning janubiy viloyatlari va Farg‘ona vodiysida eng jadal yomg‘irlar yog‘adi. Qolgan hududlarda esa faqat ba’zi joylarda tanaffus bilan yomg‘ir yog‘adi.

Ertaga hududning katta qismida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi.

Yakshanba kuni respublika hududining katta qismida yana yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir jadal yog‘adi. Baland tog‘larda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Respublika shimolida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ushbu kunlarda harorat foni deyarli o‘zgarmaydi. Havo harorati kechalari 5-10 daraja iliq, kunduz kunlari 12-17 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.