O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 28-31-OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 28-31-OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

28.10.2022

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 28-31-OKTABRGA  OB-HAVO PROGNOZI

YAKSHANBA VA DUSHANBA KUNLARI O‘ZBEKISTON BO‘YICHA

YOMG‘IR YOG‘ADI, BA’ZI JOYLARDA KUCHLI BO‘LADI

   Bugun va ertaga respublika hududi iliq va biroz nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi. Bugun kechga tomon va ertaga respublikaning ayrim hududlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechalari 5-10o iliq, kunduz kunlari 16-21o atrofida bo‘ladi.

Yakshanba kuni respublika hududiga Volga bo‘yi hududidan sovuq antisiklon kirib keladi. Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Kunduzi havo harorati 10-15o gacha pasayadi.

Dushanba kuni kuchli yomg‘ir yog‘ishi faqat sharqiy hududlarda saqlanib turadi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati quyosh isishi hisobiga 13-18o gacha biroz ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida 29-31-oktabr kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 30-31-oktabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi kutilmoqda.

30-31-oktabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona  viloyatlarida ba’zi joylarda shamol
15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.