O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 24-28-OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 24-28-OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

24.10.2022

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 24-28-OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

Haftaning birinchi yarmida beqaror ob-havo kutilmoqda.

 

Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston bo‘yicha ob-havoni Kaspiy dengizi hududlaridan nam va nisbatan sovuq havo massalarining bir qator kirib kelishi belgilaydi. Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Bugun va ertaga respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

25-oktabrda shimolda va cho‘l hududlarda, 26-oktabrda respublika hududining katta qismida shamol 15-20 m/s gacha, shuningdek, 26-oktabrda ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Harorat foni ushbu kunlarning o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlaridan 1-2° ga past bo‘ladi va kechalari 5-8° iliqni, kunduz kunlari 12-15° ni, ba’zi joylarda

25-oktabrda 17-20° gachani tashkil etadi.

Ish haftasining oxiriga (payshanba va juma) kelib, respublikada quruq va nisbatan iliq ob-havo kuzatiladi, ammo havo harorati kechalari 3-8° iliq, kunduz kunlari 14-19° atrofida bo‘lishi saqlanib turadi.