24 OKTYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

24 OKTYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

24.10.2022

SHOSHILINCH AXBOROT

24-26 oktabrda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.

24-26 oktabr kunlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

25 oktabr kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, 26 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha, 26 oktabrda ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Respublika bo‘yicha havo harorati me’yordan 8-10o ga pasayishi kutilmoqda.

 

 

24 OKTYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

 

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-17o bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-14o bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qor bo‘ladi), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-9о iliq bo‘ladi.