17-21-OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI.USHBU HAFTAGA O‘ZBEKISTON BO‘YICHA OB-HAVO

17-21-OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI.USHBU HAFTAGA O‘ZBEKISTON BO‘YICHA OB-HAVO

17.10.2022

17-21-OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI   USHBU HAFTAGA O‘ZBEKISTON BO‘YICHA OB-HAVO

Bugun O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yidan Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) markaziy hududlari ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib keladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kun davomida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa kechga tomon ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimolda va cho‘l hududlarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kunduz kuni havo harorati 20-25° dan oshmaydi.

Ertaga Turkmanistondan bulutlarning keyingi qismi kirib kelishida janubiy markaziy va sharqiy tumanlarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Respublikaning barcha hududlari bo‘yicha shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 5-10° gacha pasayadi, kunduzi 15-20° bo‘ladi.

Chorshanba kuni respublikaning katta qismida yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarning ba’zi joylarida kuchli bo‘ladi, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 5-8° gacha iliq, shimolda ba’zi joylarda 0-2o gacha sovuq, kunduzi 13-18o gacha pasayadi.

Payshanba va juma kunlari O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Kechalari havo harorati minimal darajaga yetadi va 3-5o iliq atrofida bo‘ladi, quyosh nurlari isitishi natijasida kunduz kunlari 17-22o gacha ko‘tariladi.