27 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

27 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

27.09.2022

27 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nailishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, Surxondaryo viloyatida va Farg’ona vodiysi viloyatlarida shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 22-27o bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-27o bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-18о bo‘ladi.