27-30 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

27-30 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

25.09.2022

27-30 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli boʻladi, baʻzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 27 sentabrda 20-25°, 28-30 sentabrda 25-30° gacha asta-sekin koʻtariladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, baʻzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 sentabrda kechasi 13-18°, kunduzi 22-27°, 28 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 22-27°, 29-30 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° boʻladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, baʻzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27 sentabrda baʻzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 27 sentabrda kechasi 13-18°, kunduzi 22-27°, 28-30 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 22-27° boʻladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, baʻzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27 sentabrda baʻzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, Surxondaryo viloyatida 21-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat  kechasi 27 sentabrda 15-20°, 28-30 sentabrda 12-17°, kunduzi 25-30° boʻladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, baʻzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27 sentabrda baʻzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 21-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 27 sentabrda kechasi 12-17°, kunduzi 23-28°,
28-30 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 22-27° boʻladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, baʻzi joylarda oʻzgarib turadi, 27 sentabrda baʻzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlish mumkin. 28-30 sentabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27 sentabrda baʻzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 27 sentabrda 10-15°, 28-29 sentabrda 5-10°, kunduzi 13-18° boʻladi.