O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 19-23 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
19.09.2022
![O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 19-23 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI](/sites/default/files/styles/large/public/2022-09/photo_2022-01-10_11-14-23_2.jpg?itok=k77Tf4r5)
Bugun va hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha barqaror harorat fonida quruq va biroz iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu kunlarda harorat asosan kechalari 13-18°, kunduz kunlari 29-34° atrofida bo‘ladi. Bu sentabr oyining ushbu kunlari uchun o‘rtacha ko‘p yillik harorat qiymatlaridan biroz yuqoridir.
Faqat respublikaning tog‘li hududlarida 21 sentabr, chorshanba kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.