Gidrometerologiya ilmiy-tadqiqot instituti hamda Germaniya davlatining Leybnits trоposfera tadqiqotlar instituti rahbarlarining hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Gidrometerologiya ilmiy-tadqiqot instituti hamda Germaniya davlatining Leybnits trоposfera tadqiqotlar instituti rahbarlarining hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi

14.09.2022

Gidrometerologiya ilmiy-tadqiqot instituti hamda Germaniya davlatining Leybnits traposfera tadqiqotlar instituti rahbarlarining hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Joriiy yilning 13-sentabr kuni Gidrometerologiya ilmiy-tadqiqot institutining  direktori F.Agzamov ishtirokida Germaniya davlatining Leybnits traposfera tadqiqotlar instituti professori Dietrich Althausen bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston sharoitida iqlim oʻzgarishi sharoitida chang – gʻuborlari  va 2021-yil 3–4 noyabr kunlari boʻlib oʻtgan chang boʻronini oʻrganish, ular toʻgʻrisida ilmiy tadqiqotlar olib borish boʻyicha fikr almashildi.

Uchrashuv natijasiga koʻra Gidrometerologiya ilmiy-tadqiqot institutitutining Germaniyaning Leybnits traposfera tadqiqotlar instituti birgalikda joriy yildan boshlab chang gʻuborlarning paydo boʻlishini oʻrganish boʻyicha hamkorlikni oshirish toʻgʻrisida kelishildi.

Ilmiy – tadqiqotlar natijasiga koʻra Oʻzbekistonda 2023–2024 - yillarda iqlim oʻzgarishi natijasida paydo boʻladigan chang – gʻuborlarga bagʻishlangan Xalqaro ilmiy–amaliy konferensiya oʻtkazilishiga kelishildi. Mazkur ilmiy–amaliy konferensiyaga Markaziy Osiyo, Yevropa davlatlari va AQSHning ushbu masalalari boʻyicha faoliyat olib borayotgan olimlarni taklif etishga kelishildi.